Telegram'da 5 daqiqada animatsiyali taklifnoma yarating, havolasini mehmonlarga yuboring. Kim kelishini oldindan bilasiz — javoblar to'g'ridan-to'g'ri botga keladi.
✦ Avval bepul yaratib ko'rasiz — to'lov faqat yoqqanidan keyin.
Kartani bosing — taklifnoma mehmon telefonida qanday ochilishini jonli ko'rasiz.
Telegram'da botga telefon raqamingizni yuboring — ro'yxatdan o'tish shu.
Ismlar, sana, to'yxona, dastur va rasmlar. Dizaynni tanlab, natijani darhol ko'rasiz.
Taklifnoma havolasini guruhlarga yoki shaxsan yuboring — mehmon hech narsa o'rnatmaydi.
Taklifnomaning o'zida javob formasi bor. Mehmon ismini yozib, kelish-kelmasligini va kim bilan kelishini belgilaydi — xabar shu zahoti Telegram'ingizga tushadi. Joy va dasturxonni aniq hisob bilan rejalashtirasiz.
Har bir sahifa telefon uchun yasalgan: ochilish animatsiyasi, musiqa va mehmonga kerak bo'lgan hamma narsa bir joyda.
«Boraman / bora olmayman» va necha kishi — darhol Telegram'ingizga.
To'ygacha qolgan kun, soat va daqiqalar.
To'yxonaga Google yoki Yandex xarita orqali bir bosishda.
O'zingiz tanlagan qo'shiq sahifa ochilganda yangraydi.
Suratlaringiz va tanishuv hikoyangiz.
Mehmon to'y sanasini telefoniga eslatma bilan saqlaydi.
Siz tasdiqlagan tilaklar sahifada ko'rinadi.
Uzoqdagi yaqinlar karta raqamini bir bosishda nusxalaydi.
Kecha dasturi soatlari va kiyinish uslubi.
Ilova shart emas: Android ham, iPhone ham.
Nafis va sodda dizaynlar — barcha imkoniyatlar bilan.
Ochilish sahnasi, oltin bezaklar va murakkab animatsiyalar.
Dizayn tanlash, ma'lumot kiritish yoki to'lov bo'yicha qo'ng'iroq qiling yoki botga yozing.
Yo'q. Taklifnoma oddiy havola — istalgan telefonda (Android yoki iPhone) brauzerda ochiladi, Telegram ham shart emas.
Tayyor bo'lgach bot sizga havola beradi. Uni Telegram guruhlariga, WhatsApp, Instagram yoki SMS orqali yuborasiz — mehmon bir bosishda ochadi.
Har bir javob kelishi bilan bot sizga xabar yuboradi: kim, keladimi, necha kishi va tilagi. Umumiy ro'yxat va hisobni /javoblar buyrug'i ko'rsatadi.
Ha, ilovada istalgan vaqtda tahrirlaysiz — havola o'zgarmaydi, mehmonlar yangilangan sahifani ko'radi. To'lovdan keyin dizaynni ham shu narxdagi yoki arzonrog'iga almashtirish mumkin.
Ha, xohlasangiz. Karta raqami va egasining ismini yozasiz — mehmon raqamni bir bosishda nusxalab oladi.
Taklifnomani bepul yaratib, «NAMUNA» belgisi bilan ko'rasiz. Yoqsa, ilovada ko'rsatilgan karta raqamiga dizayn narxini o'tkazib, chek rasmini yuklaysiz. Chek tekshirilgach belgi olib tashlanadi va bot sizga xabar beradi.
Yo'q, avval sizga keladi. Faqat siz tasdiqlagan tilaklar taklifnomada ko'rinadi.
Taklifnomani hoziroq yarating — mehmonlaringiz uni bugunoq olishi mumkin.
Botda yaratish

















